Yangiliklar

Aleksandr Yudakovning biznes-rejalashtirish bo‘yicha final onlayn-seminari

Kelayotgan shanba kuni (14-avgust) Aleksandr Yudakovning biznes-rejalashtirish bo‘yicha final onlayn-seminari o‘tkaziladi.

Eslatib o‘tamiz, shanba kunigacha barcha jamoalar saytda “Demo-kunga taqdimot tayyorlash” joriy hisobotini topshirishi zarur.

Hisobot topshirilib, seminar o‘tkazilganidan so‘ng platformada “Loyihaning biznes rejasi” bosqichi ochiladi.

 

Siz Innovatsion Rivojlanish Vazirligining shabloni bo‘yicha biznes-rejani rasmiylashtirishingiz zarur. Agar biznes-reja bo‘yicha vazifalarni o‘z vaqtida topshirgan bo‘lsangiz va mentorlarning maslahatlariga amal qilgan bo‘lsangiz, unda biznes-rejangiz tayyor bo‘lishi kerak.

 

Seminar shanba – 14-avgust kuni soat 14:00 da boshlanadi.

Seminar Zoom servisida o‘tkaziladi.

Все новости