Yangiliklar

ScienceThon by C.A.T.

Birinchi saralash bosqichidan o‘tgan jamoalarni 16 fevral’ kuni “ScienceThon” tadbiriga taklif qilamiz.

Loyihamizda ishtirok etmoqchi bo‘lganlarning hammasi uchun qatnashish majburiy.

Qo‘ng‘irog‘imizni / xabarlarimizni kuting!

 

“ScienceThon by C.A.T.” o‘zi nima?

Bu startap-akseleratorimizning bo‘lg‘usi ishtirokchilari uchun ikki kunlik jadal seminar. Biz akseleratorning 6 oylik dasturi haqida, qatnashish qoidalari haqida gapirib beramiz.

Ishtirokchilar jamoalarga bo‘linadi. Ekspertlar dizayn-fikrlashdan qanday foydalanishni va loyihangizga jamoani qanday topishni tushuntirib beradi. Shuningdek loyihalaringizning hakamlar oldidagi 5 daqiqalik taqdimotlari bo‘yicha trening o‘tkazamiz. Bundan tashqari, bir nechta amaliy interfaol mashqlar ham rejalashtirilgan.

Siz startapni rivojlantirish bo‘yicha kirish axborotini olasiz va ekspertlardan iborat saralash komissiyasi oldida o‘z loyihangizni taqdim etishga yaxshiroq tayyorgarlikka ega bo‘lasiz!

 

Sana va vaqt: 16 fevral’, seshanba, soat 15:00 da.

O‘tkazilish joyi: Toshkent, O‘zbekiston Innovasion Rivojlanish Vazirligi huzuridagi Ilg‘or Texnologiyalar Markazi.

Mo‘ljal: Talabalar shaharchasi, O‘zbekiston Milliy Universiteti, Beruniy metro bekati. Xaritada ko‘ring

Все новости